Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

2 oy avvalgi jinoyat fosh qilindi, jinoyatchi ushlandi

2 oy avvalgi jinoyat fosh qilindi, jinoyatchi ushlandi

Navoiy. 2019 yilning 28 dekabr kuni soat 09.00 dan 18.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs, Karmana tumanida joylashgan 45 yoshli fuqaro Z.M. (ayol) uyi darvozasining qulfini buzib, uyga kirib, yotoqxonada bo‘lgan 9.800.000 so‘m naqd pullarni va qiymati 9.200.000 so‘mlik zargarlik buyumlarini talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida mazkur jinoyatni Qiziltepa tumanida yashovchi, 29 yoshli G‘.R. sodir etganligi aniqlangan.

G‘.R. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 09:12 05.03.2020. O'qildi: 3431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!