Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

+18. Sirdaryoda dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi (foto)

+18. Sirdaryoda dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi (foto)

Sirdaryo tumani IIB xabariga ko‘ra, Sirdaryo tumanida qasddan badanga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati sodir etilgan.

Tafsilotlarga ko‘ra, 2020 yil 9 oktyabr kuni soat 18:50 da fuqaro F.K.ning Sirdaryo tumani IIBga bergan og‘zaki xabarida, 2020 yil 9 oktyabr kuni soat taxminan 18:00 larda, Sirdaryo tumani "Do‘stlik" MFYda yashab kelishini va o‘zi F.K. yashash xonadoniga o‘zini Sirdaryo tuman gaz nazoratchisi deb tanishtirgan fuqaro Q.SH. kelib gaz hisoblagichini tekshirib, undan foydalanilgan gaz uchun qarzdorligini so‘ndirishni so‘ragan vaqtida, o‘rtalarida o‘zaro kelishmovchilik chiqib, tortishib, mushtlashganligi, natijada fuqaro F.K. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan fuqaro Q.SH.ni badanining bir nechta joylariga urib tan jarohati yetqazgan.

+18. Sirdaryoda dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi (foto)

Natijada fuqaro Q.SH. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

+18. Sirdaryoda dahshatli qotillik jinoyati sodir etildi (foto)

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:03 12.10.2020. O'qildi: 15361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!