Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

+18. Rossiyada muhojir 19 yoshli talaba qizni tuni bilan zo‘rladi

+18. Rossiyada muhojir 19 yoshli talaba qizni tuni bilan zo‘rladi

Sankt-Peterburgda mutlaqo dahshatli hodisa sodir bo‘ldi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi Tojikistondan kelgan muhojir 19 yoshli talaba qizga jinsiy zo‘ravonlik qilgan.

Polisiyaga shikoyat qilgan qiz kechqurun muhojir uni mashinaga sudrab borganini, keyin esa uni tun bo‘yi zo‘rlaganini aytdi. Talaba qiz yigitdan shavqat so‘rab yalingan, ammo muhojir uni mashinadan chiqarmagan. Faqat ertalab jabrlanuvchi qochishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar beradi Piter.tv nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga asoslanib.

Manbaga ko‘ra, ayblanuvchi ushlangan. U 1997 yilda tug‘ilgan yigit bo‘lib chiqdi. Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi ("Zo‘rlash") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, agar aybdor deb topilsa, tojikistonlik fuqaro uch yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:46 28.06.2020. O'qildi: 22439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!