Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

+18. Andijonda singlisini himoya qilgan aka pichoqlandi

+18. Andijonda singlisini himoya qilgan aka pichoqlandi

Andijon. 2020 yil 20 iyun kuni soat 10:00 da fuqaro 21 yoshli A.X., Shahrixon tumani Oq masjid ko‘chasida fuqaro 18 yoshli A.B.,ga singlisi S.X., bilan gaplashmasligini aytib, urib, tan jarohati yetkazgan. Shu sababli A.B., A.X.,dan o‘ch olish maqsadida shu kuni soat 22:00 da A.X.,ni ushbu joyga chaqirib, yonida bo‘lgan pichoq bilan A.X.,ning qorin sohasiga bir marotaba qasddan urib og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida A.X.,ning egnida bo‘lgan futbolkasi va bir dona xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida, A.B., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov jarayonida A.X.,ning A.B.ga tan jarohati yetkazganlik holati bo‘yicha uning harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:05 23.06.2020. O'qildi: 8841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!