Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

17210 bola Isroil armiyasining G‘azodagi hujumlari qurboni bo‘ldi

A A A
17210 bola Isroil armiyasining G‘azodagi hujumlari qurboni bo‘ldi

2023 yil 7-oktabrdan buyon 17210 nafar bola G‘azo sektorida Isroil armiyasi hujumlari qurboni bo‘ldi.

G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida Isroil tomonidan 386 kun davomida amalga oshirilgan hujumlar haqida ma’lumot berilgan.

Isroil armiyasining 2023 yil 7-oktabrdan buyon G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni faqat oxirgi 24 soat ichida 38 kishiga yetdi.

Qayd etilishicha, Isroilning 2023 yil 7-oktabrdan beri G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo‘lganlarning 69 foizi bolalar va ayollardir.

Jami 42 885 kishi Isroilning G‘azo sektoriga hujumi qurboni bo‘ldi, ulardan 17 210 nafari bolalar va 11 742 nafari ayollar. Bundan tashqari, anklavning yana 100 544 nafar aholisi jarohatlangan.

10 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Halok bo‘lganlarning jasadlari hali ham vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda. Tez yordam brigadalari va fuqarolik mudofaasi kuchlari vakillari Isroil kuchlari tomonidan yuzaga kelgan to‘siqlar tufayli ularga yetib bora olmayapti, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 23:42 26.10.2024. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!