Xitoylik geologlar Xitoy shimoli-sharqidagi Lyaonin provinsiyasida 1440 tonna qimmatbaho metal zahirasiga ega bo‘lgan mamlakatdagi eng yirik darajadagi oltin konini topdilar.
Bu haqda Xitoy tabiiy resurslar vazirligi WeChat ma’lum qildi.
Dadonggou konidagi oltin konsentrasiyasi o‘rtacha bir tonna uchun 0,56 grammni tashkil qiladi. 3100 kilometrdan ortiq cho‘zilgan ruda tanasi 115 metrdan 913 metrgacha chuqurlikda joylashgan bo‘lib, o‘rtacha qalinligi 263 metr va maksimal 513 metrni tashkil qiladi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, loyiha Xitoyning strategik oltin zahiralarini oshiradi va "Lyaoning viloyatida jahon darajasidagi oltin qazib olish bazasini yaratish uchun katta ahamiyatga ega".