Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

+141. Farg‘onaga yana koronavirus qaytdi

+141. Farg‘onaga yana koronavirus qaytdi

2020 yil 6 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3664 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:01 06.07.2020. O'qildi: 8985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!