Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

11 yoshli qizni o‘g‘irlagan yigit Olmaotida qo‘lga olindi

11 yoshli qizni o‘g‘irlagan yigit Olmaotida qo‘lga olindi

22 may kuni Almati viloyatining Qorasoy tumanida bir qiz o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘ri esa qizning otasiga qarz bergan yigit bo‘lib chiqdi, deya xabar beradi “inAlmaty” Almati viloyati polisiya bo‘limiga tayangan holda.

 

Ma’lum bo‘lishicha, qiz maktabdan qaytayotganida o‘g‘irlab ketilgan. O‘g‘ri o‘zini otasining do‘sti deb tanishtirgan. Jinoyatni sodir etganidan so‘ng esa 27 yoshli bola qizning onasiga qo‘ng‘iroq qilgan va erini yaxshi bilishini aytib, 100 ming tengeni qaytarishni talab qilgan. Aslida, esa otaning qariyb 30 ming tenge qarzi bo‘lgan, xolos.

 

"O‘g‘ri qizni faqat pulni olganidagina qaytarib berishini aytgan. Qorasoy tuman milisiyasining barcha xodimlari  ogohlantirilgandan so‘ng darhol bolani qidirish ishlari boshlangan. Bir necha soatdan keyin Qorasoy tumanidagi "Aport" supermarketida gumon qilingan shaxs topilgan. Biz qizni u bilan bo‘ladi, deya o‘ylamagandik, ammo hibsga olishni juda ehtiyotkorlik amalga oshirdik. Bolaga jarohat yetkazilmadi ", - deya xabar berdi Olmaota viloyati polisiya departamenti matbuot xizmati.

 

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasi "Insonni o‘g‘irlab ketish" bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:22 23.05.2019. O'qildi: 2310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!