Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

11 yashar qizning qo‘lidagi iPhone yonib ketdi! (+video)

11 yashar qizning qo‘lidagi iPhone yonib ketdi! (+video)

Kuni kecha Kaliforniyada o‘n bir yoshli, Kayla Ramos (Kayla Ramos) ismli qizning qo‘lida iPhone 6 yonib ketdi. Uning aytishicha, o‘sha paytda smartfon orqali YouTube saytida videorolik tomosha qilayotgan ekan. Kutilmaganda ayfondan uchqunlar sachray boshlagan va Kayla uni krovatga tashlagan. iPhone butkul yonib ketgan, krovat ustidagi adyolni kuydirib ham qo‘ygan. Yaxshiyamki, egasi bundan hech shikastlanmagan.

Kaylaning onasi ushbu masala yuzasidan Apple qo‘llab-quvvatlash markaziga, keyin esa servis markaziga ham murojaat etgan. Kuyib ketgan iPhone 6 o‘rniga unga yangisini berishgan va gadjetning yonishi sababini aniqlashga va’da berishgan.

Ayolning ta’kidlashicha, iPhone shu paytgacha ta’mirlanmagan, unga nooriginal quvvatlash kabelini ulashmagan. Shu boisdan uning yonib ketishi sababi ham noma’lum, Apple’ning o‘zi ham mazkur holat yuzasidan biror izoh bermagan. Odatda smartfonlarning kuyishi, tutashi, portlashi kabi holatlarga akkumulyatorning qizib ketishi sabab bo‘ladi.

Kiritildi: 08:00 16.07.2019. O'qildi: 1749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!