Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

“$100 million bering” — Habibning otasi Konor bilan jang shartlarini ma’lum qildi

“$100 million bering” — Habibning otasi Konor bilan jang shartlarini ma’lum qildi

UFC o‘rta vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi hamda murabbiyi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining irlandiyalik sportchi Konor MakGregorga qarshi jang o‘tkazishi shartini aytdi.

"Bizga Konor bilan yana bir jang kerak, faqat 100 million dollar bering. Toni Fergyuson bilan jangning ertasi kuni bu pulni bering va nega biz nega yana jang qilmasligimiz kerak?”- deydi Nurmagomedov.

19 yanvar tongida MakGregor amerikalik chempion Donald Serronega qarshi UFC 246da oktagonga chiqdi va raqibini nokautga uchratdi.

Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyuson bilan jangda amaldagi chempion sifatida UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamarini himoya qiladi. Jang UFC 249 turniri doirasida 19 aprelda o‘tkazilishi belgilangan.

Kiritildi: 05:00 20.01.2020. O'qildi: 3370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!