Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

1 sentyabrgacha viloyatlararo shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yo‘q

1 sentyabrgacha viloyatlararo shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsat yo‘q

Avvalroq karantin talablari 15 iyungacha uzaytirilgani haqida xabar bergandik.

Quyidagilar joriy yilning 1 SENTYABRIGA QADAR UZAYTIRILDI: 

* xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilgan viza muddatlari; 

* muayyan muddatga vizasiz va elektron viza bilan kirish huquqiga ega xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati;

* O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilib, 2020 yil hisobidan qaytarib olib chiqish muddati tugaydigan xorijiy avtotransport vositalarini respublikamiz hududidan qaytarib olib chiqish muddati.

* Shaxsiy avtotransport vositalarining viloyatlararo harakatlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) talabi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum bo‘ladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladigan ko‘ngilli guruhlar tuzish topshirildi.

Shuningdek, Mamlakatda karantin va undan keyingi davrda fuqarolarning respublika bo‘ylab sayohat qilishlari yuzasidan vaqtinchalik tartib hamda Karantin davrida sanatoriylar va bolalar yozgi oromgohlarining faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik talablar tasdiqlandi.
 

Kiritildi: 08:22 30.05.2020. O'qildi: 12658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!