Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

1 noyabrdan xorij fuqarolarining Umra ziyoratiga ruxsat berildi, ammo...

1 noyabrdan xorij fuqarolarining Umra ziyoratiga ruxsat berildi, ammo...

Saudiya Arabistonida salkam 8 oylik tanaffusdan so‘ng xorij fuqarolarining Umra ibodatlarini ado etishiga ruxsat berilmoqda. Shu kunlarda qirol Abdulaziz nomidagi Jidda xalqaro aeroporti Haj va Umra uchun mo‘ljallangan terminalini qayta ishga tushirishga tayyorlamoqda.

Okaz gazetasi xabariga ko‘ra, aeroportning maxsus terminalida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ehtiyot choralari ko‘rilmoqda.

Terminal hududida qarshi tomonga ketayotgan odamlar yuzma-yuz kelmasligini ta’minlash uchun bir tomonlama harakatlanish tashkil etilyapti, ijtimoiy masofa saqlashni ta’minlashga qaratilgan ishlar bajarilyapti.

Xorij fuqarolari Umra maqsadida 1 noyabrdan boshlab Saudiya Arabistoniga kirishi mumkin bo‘ladi. Aynan qaysi mamlakat fuqarolariga ruxsat berilishi hali noma’lum, rasmiylar bu haqda tez orada ma’lumot taqdim etilishini bildirgan.

Umra ziyoratlarini qayta yo‘lga qo‘yish uch bosqichda amalga oshirilmoqda. 4 oktyabrdan boshlangan birinchi bosqichda kuniga 6 ming nafargacha mahalliy fuqarolar va rezidentlarga ibodat amallarini ado etishga ruxsat berilgandi. 18 oktyabrdan boshlab bu kunlik cheklov 15 mingga oshirildi. Birinchi noyabrdan e’tiboran amal qiladigan 3-bosqichda kuniga 20 ming ziyoratchi muqaddas amallarni bajarishi mumkin bo‘ladi.

Islom dunyosining bosh masjidi – Makka shahridagi Masjidul-harom oktyabr oyi o‘rtalarida karantindan so‘ng qayta ochildi. 1 noyabrdan unga kuniga 60 ming nafargacha musulmon kirishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 18:55 25.10.2020. O'qildi: 2384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!