Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

1 dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

2019 yil 1 dekabrdan boshlab kutilayotgan ayrim o‘zgarishlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Soliq organlarining yagona axborot tizimi joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 10.07.2019 yildagi PQ-4389-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar buxgalteriya hisobini amalga oshirish hamda soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘rtasida real vaqt rejimida ma’lumotlar almashish imkonini beradigan, soliq hisobotini topshirish tizimi bilan integrasiya qilingan buxgalteriya hisobining yagona axborot tizimini ishlab chiqishi va joriy qilishi belgilangan.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari maxsus lisenziyaga ega dorixonalar tomonidan realizasiya qilinadi

Prezidentning «Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi PQ – 4438-sonli qaroriga muvofiq, 2019 yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan alohida dori vositalari buyum-miqdor jihatdan hisobga olinishi lozim va ularning chakana realizasiyasi (berilishi) faqat ijtimoiy dorixonalar, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va realizasiya qilish (berish) faoliyatiga lisenziyasi mavjud bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.

«Reklama to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 11 sentyabrdagi PF-5817-son farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020 yillarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturining 2-bandiga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan yangi tahrirdagi «Reklama to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Ob’ektlarni baholashning yagona milliy standartlarini tasdiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi PQ-4381-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Adliya vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar eng yaxshi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar ob’ektlarni baholashning yagona milliy standartlarini tasdiqlash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

Chegaradosh davlatlar shaharlari o‘rtasida transport aloqalarini ta’minlash bo‘yicha reja ishlab chiqiladi

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 13.08.2019 yildagi PF-5781-sonli Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bilan birgalikda 2019 yil 1 dekabrga qadar xalqaro aeroportlar yo‘lovchilariga qulay logistika yaratish uchun mamlakatimiz va chegaradosh davlatlar shaharlari o‘rtasida transport aloqalarini (avtobus va temir yo‘l qatnovlari) ta’minlash bo‘yicha reja ishlab chiqishi lozimligi belgilangan.

Kiritildi: 15:21 20.11.2019. O'qildi: 6864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!