Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

1 avgustdan oyliklar 10 foizga oshirildi

1 avgustdan oyliklar 10 foizga oshirildi

12 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshirilishi to‘g‘risidagi farmonini imzoladi. 

Unga ko‘ra, 2019 yilning 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,1 (10 foiz) baravar oshirildi.

2019 yilning 1 avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

  • eng kam ish haqi – oyiga 223 000 so‘m (hozirda 202730 so‘m);
  • eng kam yoshga doir pensiyalar va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so‘m (hozirda 396500 so‘m);
  • eng kam zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m (hozirda 243 300 so‘m) miqdorida belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 avgustdan boshlab:

  • II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
  • II guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a’zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

2019 yilning 1 avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda eng kam ish haqi miqdori oshirilishi ma’lum qilingandi.

«Oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizasiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investisiyalarni jalb qilish imkonsiz.

Shu bois, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyasiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan», deyilgandi xabarda.

 

Kiritildi: 04:36 13.07.2019. O'qildi: 3024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!