Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasiga to‘lov qila olmaydi

1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlar elektr energiyasiga to‘lov qila olmaydi

Bu bo‘yicha yangi tartib joriy qilinmoqda.

📩 Unga ko‘ra, chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarga har oyning 5-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2100 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma yuboriladi.

⏳ Shu paytdan boshlab, ogohlantirish yuborilganidan keyin qarzdorlikni bartaraf etish uchun 5 kun muhlat beriladi.

❌ Abonentlar tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmasa, ularda elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyati vaqtincha cheklanadi.

Mazkur cheklov qarzdorlik bartaraf etilishi bilan avtomatik tarzda yechiladi.

🗓 Ushbu tartib 2025 yilning 1-iyulidan boshlab chiqindi xizmatlaridan shakllangan qarzdorliklar uchun 1-avgustdan qo‘llaniladi.

Kiritildi: 12:42 17.07.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!