Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Yangi qurilmaga 1600x720 pikselli 6,5 dyuymga ega displey o‘rnatilgan. Barmoq izi skaneri na ekran osti va na korpusda joylashgan. Shuningdek, smartfonga USB-C emas, MicroUSB o‘rnatilgan. Akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soatga teng. Batareya nafaqat smartfonning o‘zini, balki MicroUSB orqali ulangan qurilmani ham quvvatlantira oladi.

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Foto: Gsmarena

Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, energiya zaxirasi 31,9 soatga, video tomosha qilinganida esa 21,6 soatga yetadi.

Apparat Android 10 operasion tizimida ishlaydi. Realme C11’ga MediaTek Helio G35 prosessori va 2 gigabayt tezkor xotira o‘rnatilgan. Ichki xotirasi esa 32 gigabaytga teng. Asosiy kameralar blokidan esa 13 va 2 megapikselli kameralar o‘rin olgan, frontal kamera 5 megapiksel.

Realme 100 dollarlik hamyonbop smartfonini taqdim etdi

Foto: Gsmarena

Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C taqdim etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Malayziyada Redmi 9C 100 dollardan sotuvga chiqqan bo‘lsa, Redmi 9A 84 dollardan taklif etilmoqda.

Kiritildi: 00:57 02.07.2020. O'qildi: 2376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!