Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Eronni yadro quroliga ega bo‘lishdan to‘xtatish uchun kuch ishlatishi mumkinligi ma’lum qilindi

AQSh Eronni yadro quroliga ega bo‘lishdan to‘xtatish uchun kuch ishlatishi mumkinligi ma’lum qilindi

«Prezident Tramp ularning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon imkon bermaydi», — dedi Xuk. Uning ma’lum qilishicha, buning uchun amerikaliklarning stolida har doim Eronga qarshi harbiy harakatlar ssenariysi turadi.

Xukning qo‘shimcha qilishicha, u Eronga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan taqiq uzaytirilishga umid qilmoqda. Uning umid bildirishicha, Rossiya va Xitoy «barqaror Yaqin Sharqni xohlagani» uchun bu chorani qo‘llab-quvvatlaydi.

Iyun oyining boshida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Eron hukumati yadro quroli olish uchun zarur elementlarni olishga urinayotganini, biroq buning aksini tasdiqlayotganini ma’lum qilgan.

AQSh 1970 yillardan buyon Eronga qarshi sanksiyalar joriy qiladi. 2015 yilda tuzilgan yadro kelishuviga ko‘ra, Eron o‘z yadro dasturining bir qismini to‘xtatgan, Vashington esa sanksiyalarning bir qismini olib tashlagan. Keyinroq Tramp administrasiyasi Eron o‘z rejalaridan voz kechmagan deb hisobladi va bosqichma-bosqich sanksiyalarni qayta tiklashni boshladi. 2018 yilning noyabrida AQSh cheklovlarni to‘liq qayta tikladi. Shu yilda AQSh yadro kelishuvidan chiqdi.

Avvalroq Eron Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni qamoqqa olish haqida order bergani va Interpolga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Trampning buyrug‘iga ko‘ra, 2020 yilning 3 yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy Bag‘dodda o‘ldirilgan. AQSh prezidenti Sulaymoniyni terrorchi deb atagan, Eron generalning o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. Bu voqea ortidan Eron 2015 yil iyulida imzolangan yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqqanini e’lon qildi.

8 yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan. Raketa zarbalari berish chog‘ida Tehrondan havoga ko‘tarilgan «Ukraina xalqaro avialiniyalari» kompaniyasining Boeing 737 samolyoti xatolik sababli urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng, AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Eronda esa Trampni o‘ldirish uchun 3 million dollar mukofot e’lon qilindi.

Keyinroq Eronda general Sulaymoniyning ortidan josuslik qilishda ayblangan fuqaro o‘limga hukm qilindi.

Kiritildi: 00:53 02.07.2020. O'qildi: 2019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!