Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Efiopiyada mashhur qo‘shiqchi o‘limidan keyin yuz bergan tartibsizliklarda 81 kishi halok bo‘ldi

Efiopiyada mashhur qo‘shiqchi o‘limidan keyin yuz bergan tartibsizliklarda 81 kishi halok bo‘ldi

Poytaxt Addis-Abebeda 1 iyulda armiya kuchlari joylashtirilgan. Ma’lum qilinishicha, shahar chekkalarida qurollangan to‘dalar paydo bo‘lib, talonchilik bilan shug‘ullanmoqda. Efiopiyaning Addis Standard nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyulda Addis-Abebeda “Balderas haqiqiy demokratiya uchun” siyosiy partiyasi yetakchisi Eskinder Negu hibsga olingan.

36 yoshli qo‘shiqchi o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgandan keyin 30 iyun ertalabdan qo‘shiqchi kelib chiqqan Oromiya shtati shaharlari va Addis-Abebeda yoshlar to‘plana boshlagan. Ular pokrishkalarni yoqib, hukumatga qarshi shiorlar ayta boshlashgan. Bir qator joylarda polisiya bilan to‘qnashuvlar va tartibsizliklar yuz bergan. Poytaxtda va Oromiya shtatining ba’zi shaharlarida internet o‘chirib qo‘yilgan, Efiopiyaning ko‘plab axborot portallariga hali ham kirib bo‘lmayapti.

Efiopiyaning eng ko‘p sonli oromo elatiga mansub bo‘lgan qo‘shiqchi Xaakaaluu Xundessaa o‘zining siyosiy faoliyati uchun panjara ortiga tushgandan keyin keng taniqlilikka erishgan. Keyinroq u hukumatga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan. Shu bilan bir vaqtda u qo‘shiqchi sifatida tanila borgan. Qo‘shiqchi 29 iyun kechki vaqt Addis-Abebe dahalaridan birida otib ketilgan. Polisiya uning o‘limida gumon qilingan bir necha kishini qo‘lga olgan. 

Qo‘shiqchining dafn marosimi 2 iyulda uning ona shahri Amboda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 00:51 02.07.2020. O'qildi: 2219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!