Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlar qat’iy nazoratga olinishini e’lon qildi

Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlar qat’iy nazoratga olinishini e’lon qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlar hukumat tomonidan qat’iy nazoratga olinishini e’lon qildi.

"Yolg‘on, haqorat, shaxs huquqiga tajovuz qilish va tuhmatlarga to‘lib-toshgan bu kanallar tartibga solinishi shart", - dedi Erdo‘g‘an.

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra u "bunday ijtimoiy kanallarni butunlay yo‘qotish va nazorat qilish" uchun qonun loyihasini parlamentga imkon qadar tezroq kiritmoqchi.

Erdo‘g‘an moliya vaziri, shu bilan birgalikda kuyovi Berat Albayrakning to‘rtinchi o‘g‘li tug‘ilishi haqidagi tvitiga ayrimlar haqoratli izohlar yozganidan so‘ng ana shunday bayonot bilan chiqdi. Turkiya prezidenti o‘n minglab kishilar bu xabarni ijobiy izohlagani, ammo axloq va insoniylikdan yiroq bo‘lgan ayrim "ablahlar" haqoratlar bilan javob yozishganini aytdi. 

Adliya va polisiya organlari ularni aniqlash uchun zudlik bilan harakat boshladi, ular topilib, sud oldida javob beradi, dedi Erdo‘g‘an.

"YouTube, Twitter, Netflix va shunga o‘xshash ijtimoiy tarmoqlarga nima uchun qarshi ekanligimizni endi tushungandirsiz? Aynan mana shunday yaramasliklarni yo‘q qilish uchun", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Kiritildi: 00:35 02.07.2020. O'qildi: 1667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!