Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Qimmat” go‘zallik: Model o‘z ko‘rinishini Kardashyanlarning biriga o‘xshatish uchun 200.000 dollarini sarflab yubordi

“Qimmat” go‘zallik: Model o‘z ko‘rinishini Kardashyanlarning biriga o‘xshatish uchun 200.000 dollarini sarflab yubordi

“Playboy” nashri modeli Nati Kixara o‘z tashqi ko‘rinishi Kortni Kardashyanga o‘xshatish uchun plastik jarrohlikka 200.000 dollar sarfladi. 33 yoshli braziliyalik model plastik jarrohlikka tobelanib qolgan va 200.000 dollar mablag‘ini yo‘qotganiga qaramay u hali ham bu yo‘ldan to‘xtash niyatida emas, deydi «xabardor.uz».

Ko‘rinishini Kortniga o‘xshatish uchun model rinoplastika (burun hajmini o‘zgartirish amaliyoti), bixektomiya (yanoqlardan yog‘ni oldirish amaliyoti), qoshlarni ko‘tarish va lablarni kattalashtirish amaliyotlarini boshdan kechirdi. Kortni Kardashyan nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki hayot tarzi bilan ham Natini lol qoldirib keladi. O‘zining bunday “go‘zallashishidan” qoniqmagan Nati hali plastik jarrohlik yo‘lidan qaytganicha yo‘q.

Model pandemiya tugagach, yana plastik jarroh stoliga yotishni rejalashtirmoqda.

 

 

Kiritildi: 22:43 01.07.2020. O'qildi: 3720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!