Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidentiga minnatdorlik izhor etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga uning Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasiga javoban maktub yo‘llab, Qirg‘iziston tomoni ushbu tadbirga nufuzli delegasiyasini yuborgani uchun minnatdorlik izhor etdi.

"Mazkur xalqaro forum so‘nggi qirq yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida - qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazilayotgani Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muvaffaqiyati ekani, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori tobora oshib borayotgani haqidagi iliq so‘zlaringiz biz uchun g‘oyat qadrlidir.

Konferensiyada ilgari surilgan muhim tashabbuslar va qabul qilinadigan qarorlar ta’lim, fan va madaniyat sohasida global hamkorlikning yangi ufqlarini ochishi, o‘zaro do‘stlik muhitini yanada kuchaytirishi haqidagi fikrlaringizga ham to‘liq qo‘shilaman.

Aminmanki, o‘rtamizdagi chin qardoshlik rishtalarining tobora mustahkamlanib borayotgani va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlarimiz strategik sherikligimizni yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi", – deyiladi maktubda.

Kiritildi: 10:15 01.11.2025. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!