Berlin-Brandenburg (BER) xalqaro aeroporti 31 oktyabr oqshomida noma’lum dron kuzatilishi sababli vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi.
DPA axborot agentligiga ko‘ra, ko‘plab reyslar boshqa aeroportlarga yo‘naltirilgan. Kechikishlar parvoz va qo‘nish vaqtida ham kuzatilgan. Xususan, Bazel, Oslo va Barselonaga parvozlar kechiktirildi. London, Birmingem, Manchester, Stokgolm, Xelsinki va Antaliyadan parvozlar boshqa aeroportlarga yo‘naltirildi.
Brandenburg polisiyasi vakili dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, guvohlardan biri aeroport yaqinida dron borligi haqida xabar berganini aytdi. Patrul mashinasi ham dronni payqagan. Biroq dronning joylashuvi aniqlanmagan.