“Xochu jit” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasi safida ishtirok etgan 481 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan. Loyiha vakillarining ta’kidlashicha, bu raqam rasman aniqlangan ma’lumotlar asosida hisoblangan bo‘lib, aslida halok bo‘lganlar va bedarak yo‘qolganlar soni bir necha barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonliklar hozirda Rossiya armiyasiga yollanib jang qilayotgan va asirga tushgan chet el fuqarolari orasida yetakchi o‘rinni egallab turishmoqda.