Senatning 11-yalpi majlisida kam ta’minlangan fuqarolarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimini kengaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Gap shundaki, avval fuqaro jinoyat yoki fuqarolik ishida sudga borganda, agar u kam ta’minlangan bo‘lsa, unga davlat hisobidan advokat berilardi. Ammo kimdir Konstitusiyaviy sudga murojaat qilsa, u holda davlat yordami ko‘zda tutilmagan edi.
Yangi qonun orqali endi kam ta’minlangan fuqaro Konstitusiyaviy sudga murojaat qilsa, unga ham davlat hisobidan advokat tayinlanadi.
Ya’ni, “puling yo‘q” deb adolat eshigidan qaytarilmaydi. Har kim, moddiy ahvoli qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z huquqini himoya qilish imkoniga ega bo‘ladi.