Norvegiyada joylashgan Butunjahon urug‘ omboriga O‘zbekistondan qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bug‘doyning 20 dan ortiq mahalliy navlari urug‘i topshirildi.
Bu omborda urug‘lar tabiiy ofatlar, mojarolar yoki texnik nosozliklar tufayli o‘simlik turlarining yo‘qolish xavfini kamaytirish maqsadida saqlanadi.