Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Myunxen sudi Rossiya uchun josuslik harakatlari va Germaniyadan Ukrainaga qurol hamda o‘q-dorilar yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida qo‘poruvchilik harakatlarini tayyorlashda ayblangan uch kishiga hukm chiqardi, deya yozmoqda nashr.
Ma’lum qilinishicha, asosiy ayblanuvchi va guruh yetakchisi deb hisoblangan Diter SH. Rossiya maxsus xizmatlari foydasiga ishlagani, diversiyalar tayyorlagani va Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarda qatnashgani uchun sud tomonidan olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2014–2016 yillarda o‘zini “Donesk Xalq Respublikasi” deb e’lon qilgan hududdagi rossiyaparast qurolli guruhlar safida Ukrainaga qarshi jang qilgan.