Reuters agentligining xabar berishicha, IOC konserni AQSh sanksiyalariga tushmagan ta’minotchilardan dekabr oyida yetkazib berish sharti bilan Rossiya neftining besh partiyasini xarid qilgan. Gap umumiy hisobda 3,5 million barrel ESPO navidagi Rossiya nefti haqida bormoqda.
Reuters’ning eslatishicha, IOC moliyaviy direktori Anuj Jayn oldinroq, agar yetkazib berish xalqaro sanksiyalarni buzmaydigan bo‘lsa, konsern Rossiya neftini sotib olishni davom ettirishini aytgan edi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, ESPO neftining asosiy qismini “Rosneft” qazib oladi.