Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp nima uchun Putin bilan Budapeshtdagi uchrashuvini bekor qilgani aytildi

Tramp nima uchun Putin bilan Budapeshtdagi uchrashuvini bekor qilgani aytildi

FTning aytishicha, Moskva Ukraina bo‘yicha o‘z talablarida qat’iy turib olgan.

Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan Vengriya poytaxtida uchrashuv o‘tkazishini e’lon qilganidan so‘ng, Kreml Oq uyga Ukraina bo‘yicha o‘z pozisiyasi bayon etilgan memorandum yuborgan.

"AQSh davlat kotibi Marko Rubio mazkur hujjatni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan o‘tkazgan “keskin ohangdagi telefon suhbati”da muhokama qilgan. Suhbatdan so‘ng Rubio Trampga Budapeshtda Putin bilan uchrashuv o‘tkazishning foydasi yo‘qligini bildirgan", deb yozadi Financial Times.

Gazeta manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, Moskvaning maksimalistik talablari umuman o‘zgarmagan. Kreml Donbassni janglarsiz topshirishdan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklash va mamlakat hech qachon NATO'ga a’zo bo‘lmasligiga kafolat berishni talab qilgan.

Kiritildi: 14:20 31.10.2025. O'qildi: 1915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!