Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Sadir Japarov O‘zbekistonni YUNESKO konferensiyasi bilan tabrikladi

Sadir Japarov O‘zbekistonni YUNESKO konferensiyasi bilan tabrikladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi boshlanishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Prezident Japarov bu anjumanning 40 yildan ortiq vaqt ichida YUNESKO bosh qarorgohidan tashqarida, Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilishini tarixiy voqea deb atadi. Tadbirning ilm-fan beshigi bo‘lgan qadimiy Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning sivilizasiyalar o‘rtasidagi ko‘prik sifatidagi rolini ta’kidlaydi.

S. Japarov konferensiya qarorlari ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik uchun yangi ufqlar ochishiga, mintaqamizning ravnaqiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: 14:10 31.10.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!