MAGATE agentligining ma’lum qilishicha, kecha Janubiy Ukraina va Xmelniskiy AESlarida elektr uzatish liniyalaridan biri uzilgan, Rovno AESda esa ikkita energoblok quvvati kamaytirilgan
"Shuningdek, Zaporijjya AESda ham elektr uzatish liniyalarida yangi shikastlanishlar qayd etilgan, yadroviy xavfsizlikka tahdid saqlanib qolmoqda", deyiladi MAGATE bayonotida.