Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam berish shu kunlarda boshlanadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olingan.
Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reestrda mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlangan.
Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:
— boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta;
— nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta;
— og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;
— yolg‘iz keksalar – 7 mingta;
— gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta;
— bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;
— boquvchisi mehnat migrasiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;
— vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;
— faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;
— yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.