Pentagon AQSh Milliy gvardiyasiga 2026 yil 1 yanvargacha tayyorgarlikdan o‘tib, tartibsizliklarni bostirishga shay turishni buyurdi, deb xabar bermoqda WP.
Gazetaning yozishicha, prezident Donald Trampning topshirig‘iga binoan, Pentagon rahbari Pit Hegset barcha shtatlar gvardiyasining shayligini ta’minlashi va butun mamlakat miqyosida faoliyat yurita oladigan doimiy kuchlarni shakllantirishi lozim.
Bo‘linmalar tarkibiga Kolumbiya okrugidan tashqari 50 ta shtat va uchta hududdan jami 23,5 ming nafarga yaqin harbiy xizmatchi kiritiladi.