Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron parlamenti Starlink’ni rasman taqiqladi

Eron parlamenti Starlink’ni rasman taqiqladi

Eron parlamenti Ilon Maskning Starlink internet tarmog‘ini rasman taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda Isna agentligi xabar berdi.

Yangi qonunga ko‘ra, Starlink yoki sertifikatlanmagan boshqa aloqa vositalaridan “hukumat tizimiga qarshi qaratilgan maqsadda” foydalanganlik, uni sotib olish, sotish, import qilish, ishlab chiqarish yoki tarqatish uchun:

  • jarima,

  • qamchi bilan jazolash,

  • yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazolari belgilangan. Bu haqda DPA xabar berdi.

Ilgari Eronda aholi Starlink uskunalarini noqonuniy bozorda taxminan 2000 dollargacha sotib olib, davlat senzurasidan qochishga urinardi.

Yaqindagi Isroil bilan bo‘lgan ziddiyat paytida Eron hukumati deyarli butun mamlakat bo‘ylab internetni o‘chirib qo‘ygan edi.

Ayrim harbiy kanallar ma’lum qilishicha, Isroil agentlari Erondagi ob’ektlarga zarbalarni Starlink orqali aniqlab bergan, degan taxminlar ham mavjud.

Kiritildi: 16:58 30.06.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!