Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qodirovning o‘g‘liga yana bir medal berildi

Qodirovning o‘g‘liga yana bir medal berildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li - Adamga "Axmat-Grozniy" OMONning 25 yilligi munosabati bilan esdalik medali topshirildi. Bu haqda Qodirov o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

Bo‘linma yubileyi munosabati bilan tantanali saflanish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi IIBB OMON vakili bo‘lgan Belarus delegasiyasi ham ishtirok etdi. Delegasiya boshida otryad komandiri, milisiya polkovnigi Nikolay Maksimovich bo‘lib, unga ham esdalik medali topshirildi.

Qodirovning o‘g‘li 17 yoshda, u respublika rahbarining yordamchisi, shuningdek, Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi.

Medal Adam Qodirovning navbatdagi mukofoti bo‘ldi. Bungacha, mart oyida unga Rossiya gvardiyasining "Jangovar xizmatlari uchun" idoraviy medali topshirilgan edi. Dekabr oyida unga Kavkaz urushi davridagi chechen qo‘mondoni, noib Imomat Boysangur Benoyevskiy ordeni abadiy saqlash uchun topshirildi, avgust oyida unga Checheniston Respublikasining eng oliy mukofoti - Ahmad Qodirov ordeni berildi.

Kiritildi: 09:59 13.05.2025. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!