Alenka Suhadolnik Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi bo‘ldi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov undan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Vazir ushbu tayinlov mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yo‘lida xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
«Hamkorligimizni yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025 yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarimizni mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir. O‘zbekistonga xush kelibsiz, elchi xonim!» — deb yozdi Saidov o‘z Telegram kanalida.