Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
65 yoshli italiyalik mutaxassis JCH-2026 yakuniga qadar Braziliya milliy jamoasini boshqaradi. Anchelotti La Liganing so‘nggi turida «Real Sosiyedad»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng «Real»ni tark etadi. 26 may kuni jamoa bilan ish boshlaydi.
Braziliya futbol konfederasiyasi bilan barcha kerakli kelishuvlarga erishilgan va shartnoma imzolangan. Karlo Braziliya erkaklar milliy jamoasi tarixidagi ilk chet ellik murabbiy bo‘ladi.