Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shtefan Kornelius fikr bildirdi.
"Vaqt o‘tmoqda, kun yakunigacha hali 12 soat vaqt bor, agar shu vaqtgacha o‘t ochish to‘xtatilmasa, Yevropa tomoni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlashga kirishadi", — deya ma’lum qildi Kornelius matbuot anjumanida.
Avvalroq bir qator Yevropa davlatlari yetakchilari, jumladan, Germaniya kansleri Fridrix Mers har qanday muzokaralar faqat o‘t ochish to‘xtatilganidan so‘ng boshlanishi mumkinligini aytgan edi.