Nashrning yozishicha, so‘nggi yillarda Buyuk Britaniyaga sof migrasiya soni yillik 700 ming kishidan oshib, rekord darajaga yetgan. Bu holat uy-joy tanqisligi, milliy sog‘liqni saqlash xizmatining haddan tashqari yuklanishi va maktablarda o‘rinlar yetishmasligi fonida aholining noroziligini kuchaytirmoqda.
"Yaqinda o‘tgan mahalliy saylovlarda migrasiyaga qarshi bo‘lgan o‘ng qanot RlReform UK partiyasi o‘z pozisiyasini sezilarli darajada mustahkamladi. Shu bois hukumat chegaralarni nazorat qilayotganini va norozilik to‘lqiniga javob berayotganini ko‘rsatmoqchi", deya xabar bermoqda BBC.
Bosh vazir Kir Starmer tomonidan taklif etilayotgan islohot natijasida Buyuk Britaniyaning migrasiya siyosatida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin:
— Buyuk Britaniyada doimiy yashash huquqini olish uchun zarur bo‘lgan mamlakatda yashash muddati 5 yildan 10 yilga uzaytiriladi;
— Ingliz tilini bilish talablari kuchaytiriladi;
— Chet ellik ishchilar uchun oylik maosh minimumi va malaka darajasi talablari oshiriladi;
— Xorijiy davlatdan bo‘lgan talabalarga o‘qishni tugatgach mamlakatda qolish muddati qisqartiriladi. Bu muddat hozirgi 2–3 yil o‘rniga 18 oygacha kamaytiriladi;
— Migrasiya qoidalarini buzgan ish beruvchilar va oliygohlarga moliyaviy jarimalar joriy etiladi;
Qayd etish joizki, bu taklif hali Buyuk Britaniya parlamentida tasdiqlanishi kerak. Biroq bu yerda Kir Starmer boshchiligidagi leyboristlar bu yerda katta ustunlikka egaligi hisobiga olinsa, tegishli qonun tez orada qabul qilinishi mumkin.