Qirg‘izistonda ommaviy tartibsizliklarni tayyorlashda gumon qilingan yana bir shaxs qo‘lga olindi.
Bu haqda Chuy viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Guruhning faol a’zosi, Jalolobod viloyatida yashovchi 44 yoshli SH. Temish (taxallusi Oyg‘un qirg‘iz) taxallusi bilan E. K. ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. U ommaviy tartibsizliklar va keyinchalik hokimiyatni egallab olishga chaqiriqlarni chop etishda ayblanayotgan Tilekmat Kurenovga aloqador.
"Ushbu guruh aniqlandi, ular orasida sobiq siyosiy arboblar, uyushgan jinoiy guruh a’zolari va fuqarolik faollari bor. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning maqsadi Chuy viloyati va boshqa viloyatlarda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish va noqonuniy aksiyalar o‘tkazish bo‘lgan", — deyiladi boshqarma xabarida.
Avvalroq mazkur holat yuzasidan 1978 yilda tug‘ilgan S.F. va 1998 yilda tug‘ilgan M.O.lar qo‘lga olingan edi. Ular pul mablag‘larini qonuniylashtirish bo‘yicha bank operasiyalarini amalga oshirgan, shuningdek, Kurenov va boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi soxta akkauntlari orqali tarqatilgan provokasion videoxabarlarni tahrir qilgan. Bundan tashqari, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro R.R ham hibsga olingan.
Tergov davom etmoqda.