Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron yadro quroli ustida ishlamaydi

Eron yadro quroli ustida ishlamaydi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns Eron hozirda yadroviy qurol yaratish ustida ishlamayapti, degan fikrni bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Tehronga yadro quroli uchun xomashyo tayyorlash uchun zarur bo‘lgan vaqt hozirda "bir yildan ortiq emas, balki bir necha hafta".

"Ammo ikkinchi jihat - eronliklar yadroviy qurol yaratish bo‘yicha ishlarni qayta boshlagan yoki yo‘qmi. Bizning razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2004 yilgacha olib borgan bu ishni davom ettirishmagan”, — deya Bernsning Koloradodagi Aspen instituti xavfsizlik forumidagi chiqishida so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari AQSh razvedkasi Eron yadro dasturi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 06:16 21.07.2022. O'qildi: 3368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!