Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

MAKTABLARDA YOSHLAR YETAKCHISI VA PSIXOLOG SHTATLARI QISQARILADIMI?

MAKTABLARDA YOSHLAR YETAKCHISI VA PSIXOLOG SHTATLARI QISQARILADIMI?

Ma’lumotlarga qaraganda, yoshlar yetakchisi va psixolog lavozimi qisqarishi munosabati bilan, ularni boshqa ish bilan ta’minlash bo‘yicha maktab direktorlariga topshiriq berilibdi, deb yozmoqda Baxtiyor.uz. Undan tashqari boshqa lavozimlar qisqarishi bo‘yicha ham tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalgan, deyiladi xabarda.

... maktablarda lavozimlar qisqarishi bo‘yicha bironta ham mas’ulning so‘zi ilgari aytgan gapiga to‘g‘ri kelmayapti. Ular bilan bog‘lansangiz qisqarmaydi, havotirga o‘rin yo‘q deydi. Lekin, xalq ta’limi bo‘limlari esa qisqaradi xodimingizga ish topib bering deb direktorlarni siquvga olmoqda. O‘zi shu maktablardagi shtatlarni o‘zgartirishdan boshqa ishimiz qolmagan ko‘rinadi.

Eng qizig‘i shundaki, bu haqda bironta rasmiy manba falon lavozimni falon yilda qisqartirish rejalashtirilyapti deb ma’lumot bermaydi. Hamma jim.

Maktablardagi lavozimlarni o‘zgartirish yoki qisqartirish xodimlarning ishchanlik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Lavozimlarni o‘zgartirish yoki qisqartishni endi to‘xtatish kerak.

Agar qisqaradigan bo‘lsa, bu haqda rasmiy manbalarda xabar berish kerak. Mehnat qonunchiligi va xodimlarning huquqlarini poymol qilmasligimiz lozim. Xullas, mas’ullardan bunga rasmiy munosabat kutib qolamiz.

Kiritildi: 10:01 07.12.2021. O'qildi: 5702 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!