Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

“Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 4 dekabr kuni “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, oxirgi 5 yilda davlatimiz rahbarining g‘oya va tashabbuslari bilan mahallaga bo‘lgan e’tibor keskin kuchaydi. Tashkiliy-huquqiy asoslar takomillashtirildi. Mavjud 9 mingdan ziyod mahallani kompleks rivojlantirishga qaratilgan “Obod mahalla”, “Obod qishloq” dasturlari izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Odamlarni rozi qilishga qaratilgan barcha muhim ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Besh muhim tashabbus davlatimiz rahbari boshchiligidagi Yangi O‘zbekistonni barpo etish hamda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish siyosatining ajralmas qismi va ularni amalga oshirish – hayotiy zarurat.

Besh muhim tashabbusni to‘laqonli amalga oshirishda, biz, avvalo, mahallaga tayanamiz, deb ta’kidladi Senat Raisi T. Narbayeva.

Tanlovning tuman shaharlar bosqichida 1 035 ta, hududiy bosqichida esa 207 ta mahalla ishtirok etib, ularda 62 500 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Final bosqichida esa 14 ta hududdan yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 14ta mahalla, 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

G‘oliblarni aniqlashda Respublika komissiyasi ishtirokchilar hujjatlarini ko‘rib chiqib, besh muhim tashabbus bo‘yicha qabul qilingan tegishli hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlanganligi, uning mazmun-mohiyatini xalqqa yetkazilganligi hamda targ‘ibot tashviqot ishlarining olib borilganligi va boshqa mezonlar asosida baholadi.

Yakuniy natijalar finalga kelgan mahallalarda besh muhim tashabbus borasida olib borilgan ishlarning ko‘rgazmali tarzda himoya qilinganidan keyin e’lon qilindi. Shuningdek, “Birinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”, “Ikkinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”, “Uchinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”, “To‘rtinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla”, “Beshinchi tashabbus bo‘yicha eng faol mahalla” hamda “Eng faol kitobxon oila” nominasiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib mahallalar I, II, III darajali diplomlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda homiylarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kiritildi: 09:36 07.12.2021. O'qildi: 1307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!