Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ko‘krakdagi og‘riq yurakdanmi yoki nevralgiyadan?

Ko‘krakdagi og‘riq yurakdanmi yoki nevralgiyadan?

Buni qanday farqlash mumkin?

🔸Ko‘krakda og‘riq kuzatilganda juda ko‘pchilik, ayniqsa, erkaklar og‘riqqa e’tibor bermaydilar yoki og‘riq qoldiruvchi tabletkalar ichadilar. Lekin shifokorga murojaat qilmaydilar, bu esa og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.

🔸Nevralgiya va yurak og‘riqlarining asosiy farqi og‘riqning davomiyligidir, nevralgiya og‘riqlari uzoq davom etadi. Yurak bilan bog‘liq og‘riqlar qisqa muddatli bo‘ladi, masalan stenokardiya xuruji 5-10 daqiqadan oshmaydi.

🔸Nevralgiyada og‘riq o‘tkir bo‘ladi, stenokardiyada esa og‘riq ezuvchi, kuydiruvchi bo‘lib, havo yetishmaslik hisi bilan kechadi.

🔸Stenokardiyada og‘riq ko‘krak qafasining deyarli hamma sohasida kuzatiladi. Shuning uchun bemor og‘riqni aynan qaysi nuqtada bo‘layotganini ko‘rsata olmaydi.

Kiritildi: 09:12 07.12.2021. O'qildi: 2569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!