Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Tojikiston va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorligi davom etmokda

Tojikiston va O‘zbekistonning iqtisodiy hamkorligi davom etmokda

Bir necha yillardan buyon Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida do‘stlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, har bir sohada hamkolik qilish jadallik bilan rivojlanmoqda. Xususan, tojik va o‘zbek davlatlari o‘rtasida ta’lim, ishlab chiqarish, madaniy va ma’rifiy hamda savdo sotiq aloqalari kundan kunga rivojalanib bormoqda. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki davlat rahbarlari tez-tez muzokalar olib bormoqda. Muzokaralar davomida ikki davlat uchun ham manfaatli bo‘lgan shartnomalar imzolanmoqda. Bu haqda sxabar.uz xabar berdi.

Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish maqsadida qo‘shma korxona va zavodlar tashkil qilinmoqda. JM Uzbekiston avtomobil zavodi, Artel maishiy texnikalar ishlab chiqarish zavodi filiallarining Tojikistonda ochilganligi fikrimizning yana bir isbotidir.

Tojik va o‘zbek davlatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yana bir natijasi, O‘zbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati hududida Tojikiston investisiyalari orqali ishga tushirilgan «Nasubullo-Nasrutullo-savdo» alyumin kabel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tojik-o‘zbek qo‘shma korxonasidir. Ushbu qo‘shma korxona 2019 yilda Tojikiston hukumati tashabbusi bilan O‘zbekistonda tashkil qilingan qo‘shma korxonalardan bir hisoblanib, unda yiliga 500.000 metrdan ortiq alyumin kabellar ishlab chiqariladi.

Xususan, ushbu qo‘shma korxona 2020 yilda qiymati 590 million so‘m bo‘lgan 492 ming metr va 2021 yil avgust oyiga qadar qiymati 627 million so‘m bo‘lgan 570 ming metr alyumin kabellar ishlab chiqarilgan.

Qo‘shma korxona ishga tushgandan so‘ng, 20 nafar mahalliy aholi ish bilan ta’minlagan. Shu bilan birga Tojikiston Respublikasidan bo‘lgan 5 nafar mutaxassislar ushbu zavodda faoliyat yuritib kelmoqda.

Hozirda qo‘shma korxona o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston ichki bozoriga chiqarayotgan bo‘lsa, kelajakda jahon bozoriga ham olib chiqish rejalashtirilgan. Shu bilan birga Xitoydan yangi zamonaviy texnologiyalarni olib kelish evaziga, ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning kengayishi, ular o‘rtasida boshqa sohalar hamkorligining rivojlanishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Tarixdan qardosh tojik va o‘zbek xalqi do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan va bundan keyin ham ular o‘rtasidagi do‘stnoma munosabatlar mustahkamlanib boradi.

Kiritildi: 09:08 07.12.2021. O'qildi: 2217 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!