Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryodagi savdo majmuasida chaqnash natijasida devorlar qulab tushdi. 9 kishi jarohatlangan

Surxondaryodagi savdo majmuasida chaqnash natijasida devorlar qulab tushdi. 9 kishi jarohatlangan

2021 yil 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida chaqnash sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.

Chaqnash natijasida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:47 07.12.2021. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!