Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onadagi paxta tozalash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Farg‘onadagi paxta tozalash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Rishton tumani «Xurramobod» mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan paxta tozalash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 6 dekabr kuni soat 03:27 da Rishton tumani «Xurramobod» MFY, Xurramobod qishlog‘ida joylashgan paxta tozalash zavodining tayyor mahsulotlar saqlash omborxonasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:33 da yetib borib, soat 03:41 da yong‘in qurshab olingan va soat 07:00 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 22:12 06.12.2021. O'qildi: 2701 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!