Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent metrosida o‘smir qizga tegajog‘lik qilgan 32 yoshli erkak sudlandi

Toshkent metrosida o‘smir qizga  tegajog‘lik qilgan 32 yoshli erkak sudlandi

Poytaxt metrosida noma’lum o‘smir qizga tegajog‘lik qilgan erkak sudlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlarining rasmiy Telegram-kanali xabar berdi.

Voqea Olmazor metro bekatida 18 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Jinoyatchi Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 32 yoshli oilali erkak bo‘lgan. Erkak muqaddam Jinoyat kodeksining 166 (talonchilik), 169 (o‘g‘irlik) va 127 (voyaga yetmaganni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun sudlangan.

Qayd etilishicha, qiz hamma narsani suratga olib, ota-onasiga ko‘rsatgan. Natijada, erkak ish haqining 20 foizini ushlab turish bilan ikki yillik axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

Kiritildi: 20:06 06.12.2021. O'qildi: 4471 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!