Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida turistik zonalar qurishga 1 mlrd dollar jalb etiladi

Toshkent viloyatida turistik zonalar qurishga 1 mlrd dollar jalb etiladi

Viloyatda turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshiramiz. Avvalambor, Amirsoy va Chimyon turistik majmualarida, Chorvoq suv ombori va “Toshkent dengizi” atrofida, Ohangaron, Angrendagi tog‘li hududlarda qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlari barpo etilishiga 1 milliard dollar investisiyalar jalb etilib, 80 ming ish o‘rinlari yaratiladi.

Parkent tumanini turizm markazi aylantirish maqsadida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘idan Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi, 30 kilometr uzunlikdagi yangi magistral yo‘l quriladi, Toshkent shahridan Parkentga tezyurar avtobuslar qatnovi tashkil etiladi, tuman infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratiladi, tumanda turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi.

Bunda, tadbirkorlar uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi, yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari barpo etilib, kamida 3 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Buning uchun, 200 milliard so‘m kreditlar ajratiladi. 1 foiz nima degani? Bu puldan davlatga hech qanaqa foyda yo‘q, shunchaki hisob-kitob uchun bu. Lekin maqsad nima, tadbirkorlik qil, oilangni boq, xalqqa foydang tegsin. Kerak bo‘lsa, shu 1 foizni ham olib tashlaymiz. 25 yil bu tizimga e’tibor bermadik.

Angren, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaronda kamida 100 gektardan qir-adir yerlari dam olish maskanlari, dala hovlilari va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ochiq auksionga chiqariladi. Ohangarondagi “Ertosh-soy” va “Ovjaz-soy” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berilib, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlanadi.

Kiritildi: 13:49 16.10.2021. O'qildi: 1545 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!