Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent viloyati shaharlar soni bo‘yicha mamlakatimizda birinchi o‘rinda turadi- Shavkat Mirziyoyev

Toshkent viloyati shaharlar soni bo‘yicha mamlakatimizda birinchi o‘rinda turadi- Shavkat Mirziyoyev

Ushbu shaharlar mamlakatimiz poytaxti bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi, dedi nomzod. Uning rejasiga ko‘ra,

- Nurafshon shahri yaqin 10 yilda kamida 200 ming aholi yashaydigan, zamonaviy va aholi uchun qulay, ta’lim, tibbiyot va biznes markazi bo‘lgan shaharga aylantiriladi.

- Shaharda 30 ming aholiga mo‘ljallangan turar joy massivi barpo etilib, unda 5 ta maktab, 12 ta bog‘cha, 2 ta oilaviy poliklinika va jamoat parki quriladi.

- 15 ming talabaga mo‘ljallangan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi.

- Davlat-xususiy sheriklik asosida 150 million dollarlik zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi barpo etiladi.

- Nurafshon shahridan poytaxtga olib boruvchi yo‘llar kengaytirilib, alohida yo‘lakda tezyurar elektrobuslar qatnovi (BiArTi) tashkil etiladi. 2 ta shahar o‘rtasida ish va o‘qishga qatnaydigan aholi uchun qulay va muntazam transport qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

- Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlari hududi kengaytirilib, har birida “Yangi O‘zbekiston” uy-joy massivlari, ijtimoiy ob’ektlar va “yashil maydonlar” barpo etiladi.

Kiritildi: 12:50 16.10.2021. O'qildi: 1823 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!