Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati muammolariga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev  Toshkent  viloyati muammolariga to‘xtaldi

O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod kelgusi 5 yil uchun rejalar bilan tanishtirishdan avval Toshkent viloyati muammolariga to‘xtaldi

-Ishsizlik darajasi, aholining salomatlik ko‘rsatkichlari, toza ichimlik suvi ta’minoti, qishloq xo‘jaligini samaradorligi bo‘yicha, viloyat mamlakatimizning boshqa hududlariga nisbatan ancha orqada qolmoqda. 130 ming aholi ishsiz, kelgusi besh yilda 270 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi.

- Viloyat ichimlik suvi manbalarining “boshida” turgani bilan salkam 1 million aholi toza ichimlik suviga muhtoj.

- Aholining oliy ta’lim, maktab va kasb-hunar tizimlaridagi o‘qitish sifati, maktabgacha ta’lim qamrovi bo‘yicha ham viloyat respublikada pastki o‘rinlarda. Viloyatda 8 ming nafar malakali pedagog, 11 ming muhandis va texnologlar, 3 ming agronom va veterinar, 7 mingdan ziyod Ay-Ti, geologiya va qurilish-loyihalash sohalarida kadrlar yetishmaydi.

-Toshkent viloyatining xizmatlar, savdo, turizm, logistika borasidagi salohiyati 50 foizga ham ishga solinmagan.

Kiritildi: 12:22 16.10.2021. O'qildi: 1917 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!